Yangiliklar

...

“Bir oilada ezgu maqsadlar sari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2025-yil 15-noyabr kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida 16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida “Bir oilada ezgu maqsadlar sari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Samarqand shahar “Qo‘shbaqolli” mahallasida istiqomat qilayotgan turli millat vakillari mehmon sifatida ishtirok etdi. Tadbir davomida bag‘rikenglik yuksak insoniy fazilat ekanligi hamda o‘zbek xalqining qadimdan boshqa millat va elat vakillari bilan do‘stona aloqalari haqida so‘z yuritildi.