Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi
2025-yil 5-noyabr kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlaridan keyin tinglovchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Muzey ilmiy xodimlari tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilariga eksponatlar, ota-bobolarimizning yashash tarzi, bevosita ular tomonidan kundalik yumushlarda foylanilgan jihozlar yuzasidan izohlar berildi.
