Yangiliklar

...

Navoiy viloyatida amaliy imtihonlar boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirining 2025-yil 19-oktabrdagi "Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining amaliy imtihon jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida" gi 01/1712-A/F-son  buyrug‘i asosida Navoiy viloyatida amaliy imtihonlar boshlandi.

Mazkur imtihonda O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialining "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi dotsenti O.A’zamxonov Navoiy viloyatidagi sport maktablari bazasida ushbu amaliy jarayonlarga yaratilgan sharoit hamda belgilangan tartib asosida tashkil etilayotganligini kuzatmoqda.