Samarqand filialida “11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida “11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan sport ta’limi sohasidagi samarali faoliyati va ko‘p yillik fidokorona mehnatlari inobatga olinib bir guruh xodimlarga bayram sovg‘alari ulashildi.
Barchangizga sog‘liq, xonadonlaringizga fayz-u baraka, ishlaringizga esa muvaffaqiyat tilaymiz.Hamjihatlikda qilgan har bir sa’y-harakatimiz yurtimiz ta’limi va ravnaqiga xizmat qilsin.
Kasaba uyushmalari kuni muborak bo‘lsin!


