Filial tarixi

...

Filial tarixi

Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 658-sonli qaroriga muvofiq 2019-yilning yanvar oyidan boshlab, Samarqand shahar, choʻponota koʻchasi, 13-A uyda oʻz faoliyatini boshladi.

Filialning asosiy maqsadi maktabgacha taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya instruktorlari, umumtaʼlim maktablari va kasb-hunar maktablari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari, sport taʼlim muassasalarining trenerlari malakasini oshirish hamda ilmiy-metodik xizmat koʻrsatishdir.

Filialda hozirgi kunda sport boʻyicha mutaxassislarning kasbiy, maʼnaviy-axloqiy saviyasini oshirish, sport tizimini ilmiy-metodik taʼminlash, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish yoʻlida “Taʼlim sifatini nazorat qilish va monitoring” boʻlimi, “Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv jarayonini tashkil etish” boʻlimi hamda "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan oʻqitishni tashkil etish" boʻlimlari, “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” va “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyoti ” kafedralari va professor-oʻqituvchilari tomonidan izlanishlar olib borilmoqda.

Ozbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi   PQ-5054-son Qarori hamda  Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi “Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 355-sonli Qarori asosida bugun innovatsion yondashuvlar hamda yangicha talablar asosida faoliyat olib bormoqda.

Samarqand filialida hozirgi kunda 29,25 shtat birligida 32 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda.  Professor oʻqituvchilarning  20 nafari asosiy shtatda, 12 nafari oʻrindoshlik asosida faoliyat olib boradi. Shundan, 2 nafar professor, 20 nafari dotsent, 9 nafari katta oʻqituvchi hamda 1 nafar assistent oʻqituvchilar.  Ularning tayanch maʼlumotlari dars beradigan moduliga mos keladi va ilmiy salohiyat umumiy 68,8%, asosiy shtat bo‘yicha 60,0 %  tashkil qiladi.