Ilmiy-metodik kengash
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish instituti Samarqand filiali
Ilmiy-metodik kengashi faoliyati
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali Ilmiy metodik kengash faoliyatini tasdiqlangan reja asosida olib bormoqda. Ilmiy metodik kengash yig‘ilishlarida muhokoma qilingan har bir masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi, qarorlarni bajarish bo‘yicha mas’ullar belgilanib ularning ijrosi nazoratga olib borildi.
2026-yil Ilmiy-metodik kengashda jami 4 ta yig‘ilish o‘tkazilib, unda 28 ta masala ko‘rildi.
Kengash qarorlari va buyruqlarining ijrosi bo‘yicha 4 ta masala, Filialda malaka oshirish jarayonini tashkil etilishi holati to‘g‘risida 4 ta masala, Filialda davlat attestatsiya komissiyasining hisobotiga doir 4 ta masala muhokama etildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Filial faoliyatini tahliliga oid 8 ta masala muhokama etildi va kafedralar faoliyatini jonlantirish maqsadida tegishli qarorlar qabul qilinib ijrosi ta’minlanib kelinmoqda.
Shuni ta’kidlash lozimki, amaliyotda tatbiq etilayotgan Ilmiy metodik kengash yig‘ilishlarida kafedralarning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hisobotlari kengash faoliyati samaradorligini yanada oshirishga imkon bermoqda. Ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishga oid masalalar Kengashning doimiy diqqat-e’tiborida bo‘lib kelmoqda.
Kengashda ko‘riladigan har bir masala kengash a’zolarining hamjihatliklari va faolliklari ruhida muhokama etiladi.