Navoiyda ko‘chma malaka oshirish kurslari boshlandi
2026-yil 5-oktabr kuni Institutning Samarqand filiali professor-o‘qituvchilari tomonidan Navoiy viloyatidagi jismoniy tarbiya yo‘riqchilari hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun uch haftalik bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) malaka oshirish kurslari o‘z ishini boshladi.
Dastlab kurs mas’ullari tomonidan tinglovchilarga nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning o‘tkazilish joylari, tartibi hamda o‘quv jarayoni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Kurs davomida tinglovchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, zamonaviy yondashuvlar asosida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.
