Ko'chma malaka oshirish kursi tahlil qilindi
2026-yil 7-oktabr kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali rahbariyati xizmat safari bilan Navoiy shahrida bo‘ldi.
Dastlab, Navoiy Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida oktabr oyi tashkil etilgan ko‘chma malaka oshirish kurslari tahlil qilindi, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar ta’kidlab o‘tildi, tinglovchilarning fikr-mulohazalari eshitildi.

