Yangiliklar

...

“1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi

2025-yil 25-noyabr kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida “1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda Samarqand viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari-Sh.Arziyev, P.Xalbazarov va G.Yakubovalar ishtirok etdi hamda odam immunitet tanqisligi virusi (OIV) va orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS), ulardan himoyalanish hamda infeksiya tarqalishining oldini olish bo‘yicha tadbir ishtirokchilariga tushunchalar berdi.