Yangiliklar

...

5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni

5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni (Jahon ekologiya kuni) hisoblanadi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) S.Suyarov “Atrof muhitni muhofaza qilish - oliy burch” mavzusida ma’ruza qildi.