AXBOROT-RESURS MARKAZIGA TANIŞUV TAŞRIFI
2026-yil 17-noyabr kuni Institutning Samarqand filiali Axborot-resurs markaziga Samarqand davlat tibbiyot universitetining “Tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti va xalq tabobati” kafedrasi professor-öqituvçilari hamda Pediatriya fakulteti talabalari taşrif buyurişdi.
Taşrif davomida mehmonlarga Axborot-resurs markazining kitob fondi, mavjud ilmiy va öquv adabiyotlari, şuningdek, kitobxonlarga körsatilayotgan zamonaviy axborot xizmatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Şuningdek, mehmonlar markazning faoliyati, elektron axborot resurslaridan foydalaniş imkoniyatlari hamda kitobxonlar uçun yaratilgan qulay şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar.


