Yangiliklar

...

“Amir Temur-buyuk davlat arbobi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

2026-yil 8-aprel kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida “Amir Temur-buyuk davlat arbobi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tarix va madaniy meros” kafedrasi katta o‘qituvchisi Majidov Sherzod Farxodovich ishtirok etdi hamda “Davrni belgilagan inson: Sohibqiron Amir Temur Ko‘ragon fenomeni” mavzusida ma’ruza qildi. 

Sohibqiron Amir Temurning hayot yo‘li, kuchli markazlashgan davlatni barpo etish yo‘lidagi sayi-harakatlari, uning harbiy yurishlari, shaharsozlik va ilmu fanni rivojlantirish kabi faoliyatlari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.