Yangiliklar

...

Book Cafe

Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida rektorat yigʻilishida berilgan topshiriq ijrosi yuzasidan “Book cafe” tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbir filial professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ishtirokida Axborot-resurs markazida bo‘lib o‘tdi.

Unda, “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi dotsenti X.Xakimov tomonidan Jeyms Klir muallifligidagi Atomic Habits nomli kitobining taqdimoti o‘tkazildi. 

Taqdimot davomida asarning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oyalar va tarbiya jarayonidagi dolzarb masalalar batafsil tushuntirib berildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan keng fikr-mulohazalar bildirildi hamda qizg‘in muhokamalar olib borildi.