Hamkorlik memorandumi
2026-yil 25-may kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali hamda O‘zbekiston Penchak silat federatsiyasining Samarqand viloyati bo‘limi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
Memorandum doirasida quyidagi masalalar bo‘yicha kelishuvga erishildi:
♻️ Federatsiya mutaxassislari bilan hamkorlikda trenerlarning sport-pedagogik mahoratini oshirish hamda mahorat darslarini tashkil etish;
♻️ Ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish;
♻️ Tinglovchilarning kasbiy faoliyat natijalarini baholash jarayoniga federatsiya mutaxassislarini jalb etish.