Yangiliklar

...

Institutning Samarqand filiali va O‘zbekiston regbi federatsiyasining Samarqand viloyat bo‘limi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

2026-yil 10-iyun kuni imzolangan mazkur memorandum ta’lim va sport sohalari integratsiyasini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda regbi sport turini yanada ommalashtirishga xizmat qiladi. Hujjat doirasida regbi bo‘yicha mashg‘ulotlar va musobaqalarni tashkil etish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda sport infratuzilmasidan samarali foydalanish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Tomonlar hamkorlik doirasida seminarlar, mahorat darslari va turli ommaviy tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, yoshlarning jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.