Yangiliklar

...

“Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojantirish va Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori talablari” mavzusida seminar o‘tkazildi

2026-yil 9-iyun kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi bilan hamkorlikda “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojantirish va Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori talablari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi “Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi” jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari metodisti N.Pardayev “Munosib rag‘bat-shaffof tizim: Umumta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun 40 foizgacha ustama belgilashning arxitekturasi” mavzusida ma’ruza qildi.