Yangiliklar

...

Jismoniy tarbiya fanidan takomillashtirilayotgan o‘quv dasturi loyihalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

2026-yil 10-iyun kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari” malaka oshirish yo‘nalishi tinglovchilari uchun Jismoniy tarbiya fanidan takomillashtirilayotgan o‘quv dasturi loyihalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda Respublika ta’lim markazi Jismoniy tarbiya fani metodisti S.Bo‘ronova Zoom platformasi orqali ishtirok etdi hamda “Jismoniy tarbiya fanidan o‘quv dasturlarini takomillashtirish” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

Seminar yakunida ochiq muloqot tashkil etilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.