Yangiliklar

...

Kitobxonlik kuni

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirining topshirig‘i asosida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda kitobxonlikka doir targ‘ibot ishlarini tizimli va samarali tashkil etish maqsadida juma kuni “Kitobxonlik kuni” deb belgilandi. 

Shu munosabat bilan, 2026-yil 3-aprel kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali  axborot-resurs markazi xodimi Ch.Xalilova tomonidan aprel oyi tinglovchilariga  filial axborot-resurs markazi fondi tanishtirildi.