Kitobxonlik kuni doirasida: A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi
2026-yil 10-aprel kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali professor-o‘qituvchilari hamda “Sport turlari bo‘yicha trenerlar” malaka oshirish yo‘nalishi tinglovchilari A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida bo‘ldilar.
Axborot-kutubxona xodimlari kutubxona, kitob fondi haqida qiziqarli maʼlumotlarni taqdim etdi.
Professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilar axborot-kutubxonadagi sharoitlar, o‘quv zali va xizmat ko‘rsatish xonalarida joylashtirilgan o‘zbek va jahon adabiyotlari, bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishdilar.

