Yangiliklar

...

KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN KITOB YARMARKASI TASHKIL ETILDI

O'zDSA huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida tinglovchilar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ilmiy va badiiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, shuningdek Axborot-resurs markazi fondini keng targ‘ib qilish maqsadida kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.

Ushbu kitob yarmarkasi institut jamoasi va tinglovchilarni kitob bilan yanada yaqinlashtirishga, Axborot-resurs markazidan foydalanish samaradorligini oshirishga hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

📖 Kitob — bilim manbai, taraqqiyot poydevori!