Mahorat darslari tashkil etildi
2026-yil 22-may kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialining kurash guruhi tinglovchilari Mirzayev Rustam Abraimovich tomonidan “Kurashda kuch sifatini rivojlantirish” mavzusida, Karimova Gulzeraxon Axmadjonovna tomonidan “Maxsus jismoniy tayyorgarlik qoidalari” mavzusida, Bo‘riyev Elmirbek Xolmurot o‘g‘li tomonidan “Yelkadan oshirib tashlash usuli” mavzusida, Yodgorova Nilufarxon Xolmurod qizi tomonidan “Supurma usulida ishlash” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
♻️Tinglovchilar ushbu jarayonda avvalo tajriba almashdi, zamonaviy metodik yondashuvlar va kasbiy koʻnikmalarga ega boʻldilar.
