Yangiliklar

...

Masofaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish bo'yicha seminar tashkil etildi

2026-yil 1-may kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirining 2026-yil 18-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish yoʻnalishlari hamda masofaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 12-mh-sonli buyrug‘ining mazmun-mohiyati va ijrosini ta’minlash yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda ma’ruzachi Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Z.Saydullayev tomonidan masofaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tashkil etilishi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.