Yangiliklar

...

Mini futbol musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-dekabrdagi “Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PQ-443-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Institutning Samarqand filiali tomonidan 11–13-iyun kunlari tinglovchilar o‘rtasida mini futbol musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar tantanali ravishda taqdirlandi. Ularga diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur musobaqa tinglovchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.