Yangiliklar

...

“Pencak silat sport turining istiqbollari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

2025-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida O‘zbekiston Pencak silat federatsiyasi Samarqand viloyati bo‘limi raisi Mamasharipov Anvar hamda Indoneziya  Pencak silat federatsiyasi a’zosi Anora Malela bilan “Pencak silat sport turining istiqbollari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Penchak silat – Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yashaydigan xalqlarning milliy  sport turi hisoblanadi. Mazkur sport turining tarixi eramizning  VII asridan boshlangan. Yaqin-yaqingacha faqatgina Malayziya, Indoneziya hamda Filippin mamlakatlarida ko‘plab qiziquvchilariga ega bo‘lgan ushbu sport turi bugunga kelib butun dunyo bo‘ylab keng ommalashib bormoqda.