
Samarqand filialida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi PQ-96-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiyava sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali professor-o‘qituvchilari o‘rtasida 2025-yil 20-iyun kuni “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.
O‘yin natijalariga ko‘ra 🥇 1-o‘rinni "Chempion", 🥈 2-o‘rinni "Olimpiya" va 🥉 3-o‘rinni "G‘oliblar" jamoasi qo‘lga kiritishdi hamda ularga turli miqdordagi rag‘batlantiruvchi pul mukofotlari topshirildi.
Ushbu tadbir intellektual salohiyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.