Yangiliklar

...

Sayyor qabul

2026-yil 5-may kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali direktori falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent U.Mamarasulov hududlarda sport sohasiga oid muammo va takliflarni o‘rganish, shuningdek, ularni bevosita joyida hal etish maqsadida Qarshi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.

Sayyor qabulda sport sohasida amalga oshirilgan ishlar, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan ma’lumotlar berildi, ishtirokchilarning taklif va muammolari eshitildi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.