Sport sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 7-aprel kuni jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar hamda topshiriqlar bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Institutning Samarqand filialida kengaytirilgan yig‘ilish tashkil etildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash, mas’ullar faoliyatini kuchaytirish, “Mahalla – maktab – sport muassasasi – federatsiya” zanjiri asosida aholini sportga keng jalb etish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

