Tabriklaymiz!!!
2026-yil 2-may kuni Institutning Samarqand filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi professor v.b., (PhD), Buxoro davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Yaxyayeva Sojida Abduraximovnaning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha, pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun “Oliy ta’lim muassasalarida genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishni takomillashtirish” mavzusida tayyorlagan dissertatsiya ishi himoyasi Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02 raqamli Ilmiy kengashida muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Hurmatli Sojida Abduraximovna! Sizni Institut va Samarqand filiali jamoasi samimiy tabriklaydi.
