Termizda tinglovchilar bellashdi
2026-yil 15-aprel kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali sport targ‘ibotchisi F.Qosimov tomonidan tinglovchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Ishlab chiqarish gimnastikasi” hamda “Stol tennis”, “Arqon tortish” va “Tosh ko‘tarish” kabi sport turlaridan musobaqalar tashkil etildi.
Ushbu tadbir jamoaviylik ruhini mustahkamlash va sportni ommalashtirish uchun xizmat qiladi.
