Xalqaro hamkorlik
2026-yil 3-iyun kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialiga Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetining Tibbiy reabilitatsiya va sport tibbiyoti kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor D.Butko, “Zenit” futbol klubi tibbiyot departamenti direktori M.Kosarev, “Zenit” futbol klubi sport tibbiyoti shifokorlari S.Vtyurin, I.Frolovlar tashrif buyurishdi.
Mehmonlar tomonidan “Sport turlari bo‘yicha trenerlar” malaka oshirish yo‘nalishi tinglovchilari uchun “Sportda reabilitatsiya” va “Sportda jarohatlarning oldini olish” mavzularida ma’ruzalar qilindi.


