Yangiliklar

...

Xalqaro salomatlik kuni

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotiga asos solingan 7-aprel sanasi butun dunyoda “Xalqaro salomatlik kuni” sifatida nishonlanadi. 

Shu munosabat bilan O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida “Tibbiy ko‘rikka oid talablar” mavzusida seminar oʻtkazildi.

O‘tkazilgan seminarda Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti va xalq tabobati” kafedrasi dotsenti v.b., tibbiyot fanlari doktori (DSc) Haydarova Sarvinoz Haydarjonovna ishtirok etdi hamda “Sport turlari bo‘yicha trenerlar” malaka oshirish yo‘nalishi tinglovchilari uchun “Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish usullari” mavzusida ma’ruza qildi.