Yangiliklar

...

Yoshlar kuni

Dunyoda kunsayin yoshlar ongini egallash bo‘yicha yangi tahdidlar yuzaga kelayotgan sharoitda barcha darajadagi rahbarlar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi ish tizimiga o‘tishi zarurligi qayd etildi.

Mamlakatda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi.

2026-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Ushbu muloqotda filialning aprel oyi tinglovchilari, yosh xodimlari qatnashdi, yoshlar tomonidan taqdim etilgan taklif va loyihalar tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.