Yangiliklar

...

Yoshlar manfaatlari va tashabbuslari e’tibor markazida

Mustaqillikning 35 yilligi – Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida Institutning Samarqand filialida 11-iyun kuni  “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirning maqsadi yoshlarda shukronalik, vatanga sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ularning intilishlari, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ta’lim jarayoni va ijtimoiy hayotda uchrayotgan muammolarni aniqlash hamda ularning yechimlarini topishga ko‘maklashishdir.

Filial rahbariyati va mas’ul xodimlar tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Yoshlar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida yoshlarning taklif va tashabbuslarini hayotga tatbiq etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi.