Yangiliklar

...

Ziyorat

2026-yil 9-aprel kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali professor-o‘qituvchilari hamda “Sport turlari bo‘yicha trenerlar” malaka oshirish yo‘nalishi tinglovchilari Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Go‘ri Amir maqbarasiga ziyorat qildilar. Ziyorat davomida buyuk Sohibqiron xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

So‘ngra Universitet xiyobonidagi buyuk sarkarda haykalining poyiga gulchambar qo‘yildi.