Institutning Samarqand filialida tashkil etilayotgan Respublika ilmiy-amaliy anjumanining yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda
Yalpi majlisda jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ta’lim jarayonini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.
Unda:
🔹 X.T. Rafiyev — Institut Samarqand filiali professori, pedagogika fanlari nomzodi;
🔹 Z.R. Rasulov — O‘zbekiston davlat sport akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, PhD, dotsent;
🔹 Jizzax davlat pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari nomzodi F.K. Axmedov o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Ma’ruzalarda sohadagi dolzarb muammolar, zamonaviy innovatsion yondashuvlar hamda mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish istiqbollari yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

