Yangiliklar

...

Respublika ilmiy-amaliy anjumanining yalpi majlisi yakunlandi

Yalpi majlisda jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ta’lim sifatini oshirish hamda ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Unda Institut ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori, professor O.E. Hayitov, filiallar direktorlari, olimlar va soha mutaxassislari ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Majlis yakunida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi rektori, professor I.A. Tursunaliyev sohaning dolzarb vazifalari va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, yalpi majlis ishiga yakun yasadi.