Yangiliklar

...

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANINING 2-KUNI

Institutning Samarqand filialida tashkil etilayotgan Respublika ilmiy-amaliy anjumanining 2-kuni doirasida ilmiy anjuman sho‘ba yig‘ilishlari faol tarzda tashkil etildi.
Anjuman ishtirokchilari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy va amaliy masalalarni muhokama qildilar:
🔹 1-sho‘ba: Jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish: zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kasbiy kompetensiyalar va ta’lim sifati.
🔹 2-sho‘ba: Jismoniy tarbiya va sportning zamonaviy ilmiy-metodik asoslari: pedagogik, psixologik, tibbiy-biologik va biomexanik yondashuvlar integratsiyasi.
🔹 3-sho‘ba: Jismoniy tarbiya va sport ta’limida raqamli transformatsiya: sun’iy intellekt, raqamli platformalar va masofaviy ta’lim texnologiyalari.
🔹 4-sho‘ba: Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilm-fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi: ilmiy hamkorlik, innovatsion rivojlanish va kelajak strategiyalari.